Suriyada jangarilar hujumi oqibatida 18 nafar odam halok bo‘ldi

Jahon 07:26 / 07.04.2016 869

Suriyaning Halab shahridagi Shayx Maqsud dahasidagi kurd lashkarlariga "Jibhad an-Nusra" terrorchilik guruhi jangarilari hujum qilishi oqibatida 18 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining matbuot bayonotida aytilmoqda.   

Ta'kidlanishicha, hujumda 1,5 ming jangari hamda 3 tank va katta kalibrli pulemyotlar o‘rnatilgan 20 ta avtomobil ishtirok etgan.

Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 18 odam halok bo‘lgan, ular orasida bolalar hamda 11 nafar kurd lashkari bor. 36 nafar odam turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan.

"Havo razvedkasi o‘tkazilib, nishonlarning aniq koordinatalari aniqlangandan keyin vaziyatning keskinlashishi sababli Rossiya harbiy-koinot kuchlari samolyotlari Halab yaqinidagi hududlardagi "Jibhad an-Nusra" terrorchilari pozitsiyalariga zarba berdi va ularning hujumini to‘xtatdi", deyilmoqda xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: