Putin: Rossiyaning Suriyadagi maqsadi uning davlatchiligini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi

Jahon 18:27 / 07.04.2016 945

Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan "Haqiqat va adolat" mahalliy va mintaqaviy OAV uchinchi mediaforumida Rossiyaning Suriyadagi maqsadi uning davlatchiligini mustahkamlashdan iborat bo‘lgani haqidagi bayonot bilan chiqqan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlar muammosini hal etish va odamlarning vatanlarini tashlab ketishlariga barham berish uchun birinchi navbatda, Suriya davlatchiligini tiklash talab etilardi.

«Shu ma'noda aytish mumkinki, Rossiya qurolli kuchlari o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani to‘liq ado etdi», — degan Vladimir Putin.

Putinning alohida qayd etishicha, Suriya hokimiyat tuzilmalari qatori armiyasi ham qayta tiklangan.

Suriya harbiylari faollashib, rus harbiylari ko‘magida, yangi hududlarni jangarilardan xalos etayotganini ta'kidlagan prezident, gap albatta IShID jangarilari haqida ketayotganini eslatib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: