Indoneziyada ikki parashyutchi halokatga uchradi

Jamiyat 18:12 / 07.04.2016 978

Bugun, 7 aprel kuni indoneziyalik 2 nafar harbiy parashyutdan sakrashni repetitsiya qilish chog‘ida halok bo‘ldi.

"Ular Jakartada bo‘lib o‘tadigan aviashouga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi", deb xabar beradi Associated Press agentligiga tayanib TASS.

Indoneziya harbiy havo kuchlari vakili Dvi Badarmantoning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarning biri 3,8 ming metr balandlikdan tushib ketib halok bo‘lgan – uning parashyuti ochilmay qolgan. Ikkinchisi esa kuchli shamol tufayli parvoz nazoratini yo‘qotib qo‘ygan. Ikkala desantchilar ham HHKning obro‘li bo‘linmalari tarkibida bo‘lgan.

Ular yuzlab boshqa parashyutchilar qatorida respublika qurolli kuchlarining 70 yilligiga bag‘ishlangan bayramga tayyorgarlikda qatnashayotgan edi.

Indoneziya harbiy havo kuchlari 1946 yil 9 aprelda tashkil topgan.

Ko‘proq yangiliklar: