Ellikqal'ada an'anaga aylangan kross musobaqasi o‘tkazildi

Jamiyat 08:00 / 07.04.2016 1050

2016 yil 6 aprel “7-aprel Xalqaro salomatlik kuni”, “2016 yil-Sog‘lom ona va bola yili” munosabati hamda yoshlar orasida sportning ommaviyligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, Ellikqal'a tumanida har yili o‘tkazilishi an'anaga aylangan Kross musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada tumandagi umumta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, korxona va tashkilotlar ishchi xodimlari, uyushmagan yoshlar hamda sportchi oilalar qatnashdilar.

Musobaqada 8-12 yosh, 13-15 yosh, 16-25 yosh hamda 25 yoshdan kattalar yosh toifalari bo‘yicha 1500 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar. Shuningdek musobaqa davomida “Eng keksa ishtirokchi”, “Eng keksa ayol ishtirokchi”, “Eng faol sportchilar oilasi”, “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyalarida ham g‘oliblar aniqlandi. Jumladan tumandagi 51-son umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Q.Sapayev “Eng keksa ishtirokchi”, tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Z.Yakupbayeva “Eng keksa ayol ishtirokchi”, 20-sonli umumta'lim maktabi 1 sinf o‘quvchisi Yuldasheva Xusnida “Eng yosh ishtirokchi”, Guldursin ovulidan Ibragimovlar oilasi “Eng faol sportchilar oilasi” nominatsiyalari g‘olibi bo‘lishdi.

Tadbir so‘ngida g‘oliblar tuman Hokimligi, tuman kasaba uyushmalari hamda hamkor tashkilotlar tomonidan qimmatbaxo va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

Oybek Atadjanov

Ko‘proq yangiliklar: