EgyptAir samolyotini garovga olgan shaxs Kiprdan Misrga ekstraditsiya qilinadi

Jahon 10:40 / 07.04.2016 825

Kipr hukumati 29 mart kuni EgyptAir aviakompaniyasining Airbus 320 samolyotini garovga olgan Saif ad-Din Mustafoni Misrga topshirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Misrning MENA agentligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq Misr prokurori Kiprga Mustafoni topshirishni so‘rab murojaat qilgandi.

Mustafo Iskandariya-Qohira reysi bilan uchgan samolyotni garovga olgan. Samolyot uning tazyiqi ostida Kiprdagi Larnaki aeroportiga qo‘ngan. Bir necha soat o‘tib u Kipr hukumatiga taslim bo‘lgan. Samolyotdagi yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari jabrlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: