Xosep Gvardiola: «Benfika» kuchli jamoa, shu sababli kichik hisobdagi g‘alabadan roziman»

Sport 09:02 / 06.04.2016 986

«Bavariya» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Benfika»ga qarshi 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirar ekan, bu natija o‘zini qoniqtirishi haqida gapirdi.

«O‘yin juda og‘ir kechdi. Lekin men futbolchilarim ko‘rsatgan o‘yinni yaxshi baholayman. «Benfika» – juda kuchli jamoa.

Bugun Frank Riberi ajoyib o‘yin namoyish etdi. Pley-offlarda hamisha ikkinchi uchrashuv muhim hisoblangan. Shunday ekan, Lissabonda kechadigan bahsga yaxshilab tayyorlanishimiz kerak.

Keyingi kunlarda men «Benfika»ning ko‘plab o‘yinlarini ko‘rib chiqdim. Bu haqiqatdan ham juda kuchli jamoa, shuning uchun men natijani yaxshi natija deb bilaman.

1:0 hisobini xavfli hisob deyish mumkinki? Barchasi biz Lissabonda qanday o‘ynashimizga bog‘liq. Biz safarga g‘alaba qozonish uchun boramiz», – deydi Gvardiola.

Ko‘proq yangiliklar: