«Sherlok» seriali rejissyori birinchi marta ayol kishi bo‘ldi

Jamiyat 21:24 / 06.04.2016 1487

Britaniyaliklarning «Sherlok» serialiga ilk marta ayol kishi rejissyorlik qiladi. Bu haqda Variety xabar berdi. Serial to‘rtinchi mavsumining birinchi epizodiga Reychel Talaley rejissyor bo‘ldi.

Bundan oldin, Talaley «Doctor Who», «Flash» va «The Wind in The Willows» kabi loyihalarda ishlagandi.

«Sherlok»ning yangi mavsumi avvalgilari kabi 3 epizoddan iborat bo‘ladi. Serial davomini suratga olish ishlari boshlangan.

Benedikt Kamberbetch loyihaga qaytganidan baxtiyor ekanini bildirgan.

Rejaga ko‘ra, to‘rtinchi mavsum 2017 yilning yanvarida namoyish etila boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: