Ruy Vitoriya: «Hoynahoy «Bavariya» muxlislari bizni bittadan ko‘p gol o‘tkazadi deb o‘ylashgan»

Sport 09:37 / 06.04.2016 1009

«Benfika» jamoasi bosh murabbiyi Ruy Vitoriya YeChLning chorak finalidagi ilk uchrashuvda «Bavariya»ga mag‘lub bo‘lingan uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Barchasi reja bo‘yicha bo‘ldi. O‘z futbolchilarim bilan faxrlanaman. Albatta, bizda muammolar bo‘ldi. Lekin o‘yin yakunida biz qahramonlarcha o‘ynadik. Boshqa tomondan qaraganda, men buni qoniqarli natija deb bilmayman, lekin biz o‘z falsafamiz bo‘yicha o‘ynashda davom etamiz.

Bizni safarda 4 yoki 5 ming muxlis qo‘llab-quvvatlab turdi. Ularning borligi biz uchun muhim edi. Men o‘z muxlislarimizni Myunxenda ko‘rganimdan xursand bo‘ldim, ularga katta rahmat. Keyingi haftada bizni Lissabondagi stadionda 60 ming muxlis qo‘llab-quvvatlab turadi. Biz bu o‘yinni sabrsizlik bilan kutamiz.

Tezkor gol kutilmaganda urildi. Lekin shundan keyin hushyor o‘ynay boshladik. Hatto, «Bavariya»ga muammolar tug‘dirishga muvaffaq bo‘ldik. Aytishim mumkinki, biz gol urib, durang natijaga erishishga ham yaqin bordik. Hali hech narsa yo‘qotilmadi. Oldinda javob o‘yini kutib turibdi va biz bu o‘yinda qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

O‘ylaymanki, biz «Bavariya»ni o‘yinimiz bilan hayron qoldirmadik, futbolchilar va murabbiy kuchimizni bilardi. Raqib muxlislarini esa hayron qoldirdik. Hoynahoy, ular o‘z jamoasi bizni yanchib tashlashini kutgandi.

Albatta, bizning tarkibimizda Jonasning yo‘qligi bilindi [diskvalifikatsiya tufayli], lekin boshqa futbolchi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Natijani jamoa hal qiladi, bizning o‘yinimiz bir futbolchiga bog‘lanib qolmagan», — deya qayd etadi Ruy Vitoriya.

Ko‘proq yangiliklar: