Rossiya Milliy gvardiyasi shaxsan Putinning o‘ziga bo‘ysunadi

Jahon 00:04 / 06.04.2016 3077

Rossiya Ichki qo‘shinlari rasmiy vakili Vasiliy Panchenkov yangi tashkil etilgan Rossiya Milliy gvardiyasi Rossiya ichki ishlar vazirligi strukturasiga kirmasligini va bevosita Rossiya prezidentiga bo‘ysunishini ma'lum qildi. Bu haqda RNS nashri xabar bermoqda.

"Gap Rossiya Milliy gvardiyasi qo‘shinlari federal xizmatini tashkil qilish haqida bormoqda. Bu alohida tuzilma bo‘lib, bevosita prezidentga bo‘ysunadi", deb aytdi Panchenkov.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma'lumotni tasdiqladi.

Panchenkovning ta'kidlashicha, IIV ichki qo‘shinlarining bo‘linmalari Milliy gvardiya tarkibiga kiradi, ichki qo‘shinlar esa IIV tuzilmasi sifatida mavjud bo‘lishdan to‘xtaydi.

Milliy gvardiyaga Viktor Zolotov rahbar etib tayinlandi.

Zolotov 2000–2013 yillarda Rossiya prezidenti xavfsizlik xizmati boshlig‘i – Rossiya Federal qo‘riqlash xizmati direktori o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: