«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi, ayni vaqtda futbol eksperti sifatida ishlayotgan Rio Ferdinand YeChL chorak finalidagi «Barselona» – «Atletiko» to‘qnashuvida (2:1) Fernando Torres va Luis Suares tomonidan amalga oshirilgan harakatlar borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Torresning harakatlari o‘ta nomunosib bo‘ldi. U buning uchun uyalishi kerak. U jamoasini uyatga qo‘ydi.
Unda sariq kartochka bor edi. U ehtiyot bo‘lib o‘ynashi kerak bo‘lgan vaqtda bunday harakat qilmasligi kerak edi. Bunday ish uchun murabbiy kiyim almashtirish xonasida futbolchini yakson qilib tashlashi kerak.
- Suares o‘yinni davom ettirishga haqli edimi?
– Yo‘q. Barcha uning qo‘pollik qilganini ko‘rdi. Bu o‘sha Suares, sira o‘zgarmagan. Ha, u fantastik darajadagi hujumchi. Lekin bunday harakatlar amalga oshirgan futbolchi jazolanishi kerak.
Suares juda xavfli o‘yin ko‘rsatadi. U shundayligi uchun ham o‘ziga xos futbolchiga aylangan, – deydi Ferdinand BT Sports efirida.