"O‘zbekneftgaz"da 38 ta yirik loyihaga 20,6 milliard dollar sarflanadi

Iqtisodiyot 10:43 / 06.04.2016 1331

2016 yilga mo‘ljallangan sarmoya dasturiga muvofiq, "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi umumiy sarmoya hajmi 20,6 milliard dollarlik 38 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan. Kompaniya shu mavzudagi matbuot anjumani tashkil etdi, deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligiga tayangan holda review.uz.

Ushbu yil davomida umumiy qiymati 624 million dollar bo‘lgan to‘qqizta loyiha bo‘yicha ishlarni yakunlash hamda obektlarni ishga tushirish maqsad qilingan.

Mavjud xomashyo zaxiralaridan qimmatli komponentlarni chiqarib olish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, ushbu mahsulotlar eksport hududini kengaytirish neftegaz sohasining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Ayni shu maqsadlarda xorij sarmoyalari, yangidan yangi texnologiyalar va uskunalar faol jalb etilmoqda. Sarmoya dasturi doirasida 2016 yilda xorij sarmoyalari hamda kreditlari ishtirokida umumiy qiymati 16,3 milliard dollarlik 14 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalarda qatnashayotgan xorij kompaniyalari qatorida Rossiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Janubiy Afrika mamlakatlari va boshqa davlatlarning tegishli soha kompaniyalari bor.

Yana bir muhim ahamiyatga ega loyihalardan biri – zamonaviy gazni qayta ishlash zavodi qurilishi bilan birgalikda Qandim konlarini o‘zlashtirish hamda Qo‘ng‘irot hududida geologik-razvedka ishlarini olib borishdan iborat. 2016 yilda bu yerda 662 million dollar xorij sarmoyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda Janubiy Koreyaning GS Engineering & Construction Corporation kompaniyasi bilan hamkorlikda polietilen va polipropilen olish bilan birga tabiiy gazdan olefinlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yirik loyiha ustida mehnat qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: