Medvedev shu haftada Ozarbayjon va Armanistonga borishini tasdiqladi

Jahon 09:14 / 06.04.2016 1111

Rossiya bosh vaziri Dmirtiy Medvedev armanistonlik hamkasbi Ovik Abraamyan bilan telefon orqali muloqotida Yerevanga borish uchun hozirlik ko‘rayotgani haqidagi xabarni tasdiqladi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar bergan.

"Dmitriy Medvedev Armanistonga 7 aprel kuni rasmiy tashrif bilan borishi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Armaniston hukumati bilan o‘tkazilajak muzokaralar chog‘ida iqtisodiy, energetika, sanoat, transport infratuzilmasi va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama etiladi.

Armaniston safaridan keyin, 8 aprel kuni Medvedev Ozarbayjonga borishni rejalashtirgan.

Bundan oldinroq, Rossiya bosh vazirining matbuot kotibi Natalya Timakova vazirning Ozarbayjon va Armanistonga tashrif uyushtirishni rejalashtirgani haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: