Manuel Pellegrini: «Siti» Parijga nolli durang uchun kelmadi»

Sport 18:59 / 06.04.2016 863

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini YeChL chorak finalida «PSJ»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yingacha 1 kun qolganida Hart muammosiz mashg‘ulot o‘tay boshladi. Sinovlar uning o‘yinga tayyorligini ko‘rsatdi. Yaya Turening tizzasidagi jarohat esa tuzalmadi, u ertaga maydonga tusha olmaydi.

Ikki jamoaning ham keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlari bir xil darajada. Bu biz uchun, jamoa, muxlislar va futbolchilar uchun o‘ta muhim o‘yin. O‘tgan yili biz o‘ta kuchli bo‘lgan raqibga, «Barselona»ga to‘qnash kelgandik. Bu safar guruhda birinchi o‘rinni egalladik va nimchorak finalda nisbatan oson raqib bilan chorak finalga o‘tdik.

«Siti» Parijga nolli durang uchun kelmadi ne za nulevoy nichey. Biz g‘alaba uchun kurashamiz», – deydi Pellegrini.

«PSJ» – «Manchester Siti» o‘yini bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: