Manxettenda Starbucks’ning dunyodagi eng katta qahvaxonasi ochiladi

Jahon 22:05 / 06.04.2016 1025

Starbucks Corp. kompaniyasi Nyu-Yorkdagi Chelsi tumanida (Manxetten) dunyodagi eng katta qahvaxonasini ochadi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

Ma'lum qilinishicha, qahvaxona asosan o‘ziga to‘q mijozlarga mo‘ljallanadi hamda 61-ko‘cha va 9-avenyu kesishmasidagi binoda joylashadi.

Qahvaxona 2018 yilda ochilishi kerak. Kompaniya egalari "qahva teatr kabi" deb ta'riflayotgan qahvaxona intererini Seattle roastery kompaniyasi yaratmoqda.

Mohiyatan, qahvaxona o‘ziga xos supermarket bo‘ladi. Unda mijozlar uchun ochiq bo‘lgan qahvani qovurish sexi joylashadi, bu yerda mijozlar barist (qahva tayyorlash bo‘yicha mutaxassis, qahva tayyorlovchi) bilan suhbatlashib, qahva donlarini olish va uni qovurishning turli usullarini bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

Ayni vaqtda Nyu-Yorkda Starbucks’ning 94 ta qahvaxonasi mavjud. Tarmoqning megapolisda shunday qahvaxonani ochish qarori uning raqobatchilar bilan kurashdagi navbatdagi qadami hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: