Kerri: AQSh Asadning muzokaralarni haqqoniy olib bora olishini amalda sinab ko‘rmoqchi

Jahon 11:12 / 06.04.2016 1254

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Bloomberg yangiliklar agentligiga seshanba kuni bergan intervyusida Suriya prezidenti Bashar Asad adolatli muzokara olib bora olishga qodirligini amalda sinab ko‘rish kerakligi va bu xususan hukumatni topshirish masalasiga tegishli ekanligini ma'lum qildi.

"Hozir eng asosiysi Asadning haqqoniy muzokara olib bora olish yoki olmasligida. Biz buni amalda sinab ko‘rishimiz lozim", - dedi u.

"O‘ylashimcha, Eron, Rossiya va boshqa davlatlar tan olishlari kerak: tinchlik istaysizmi - Asad hukumatni topshirishi kerak. Buning qanday sodir bo‘lishi Jyenevadagi muzokaralarda hal qilinadi", deb qo‘shimcha qiladi bosh kotib.

U yana bir bor AQShning bu boradagi pozitsiyasini bayon qildi.

"Hukumat Suriyaning qiziqishlarini himoya qiluvchi, mamlakatdagi ishlarni doimiy nazorat qiluvchi hamda yangi konstitutsiya va saylovlar o‘tkazishga qodir yuqori boshqaruv organiga o‘tishi lozim", - deb ta'kidladi Kerri.

Ko‘proq yangiliklar: