Jahon banki: Rubl qadrsizlanishda davom etishi mumkin

Iqtisodiyot 18:27 / 06.04.2016 1414

Jahon banki ekspertlari rubl kursi yanada pasayishini bashorat qilishmoqda. Bu haqda bankning Rossiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Birjit Hanzlga asoslanib Rambler News Service xabar tarqatgan.

"Biz hisob-kitoblarimizda rublning hozirgidan ko‘ra kuchliroq qadrsizlanishini taxmin qilamiz", -deya uning so‘zlarini keltiradi axborot agentligi.

Shu bilan birgalikda, Xalqaro moliya tashkiloti vakili Hanzl 2017 yilda rubl kursi ko‘tarilishini bashorat qilgan bo‘lsada, aniq raqamlarga to‘xtalmagan.

7 aprel uchun rublning rasmiy kursi bir dollar— 68,52 rubl, bir yevro — 77,81 rubl sifatida belgilangan.

Bundan avval, 23 mart kuni Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich rublning zaiflashuvi Rossiya iqtisodiyotining barqarorlashuviga yordam berayotgani hamda eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlayotganini aytgan edi.

18 mart kuni Rossiya banki (Markaziy bank) raisi Elvira Nabiullina ham shu mazmunda bayonot bergandi.

Uning fikricha, Rossiya iqtisodiyoti rublning suzuvchi kursi yordamida zamonga tezroq moslashgan.

Ko‘proq yangiliklar: