Ford Meksikada avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod qurish uchun 1,6 mlrd dollar ajaratadi

Iqtisodiyot 11:25 / 06.04.2016 1541

Avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Ford konserni Meksikada kamxarjli avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavod qurish uchun 1,6 mlrd dollar miqdorida mablag‘ ajaratadi. Bu haqda TASS kompaniya bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

Zavod Meksikaning San-Luis-Potosi shtati hududida barpo etiladi. 2020 yilga kelib korxonada 2,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Ford mazkur filialida aynan qaysi modeldagi avtomobillar ishlab chiqarishi keyinroq ma'lum bo‘ladi. Hozircha avtomobillar yig‘ilishi 2018 yilga kelib boshlanishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: