Elektron tarzda tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlar soni 50 mingdan oshdi

Jamiyat 08:37 / 06.04.2016 1138

O‘zbekistonda elektron tarzda tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlar soni 50 000 dan oshdi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etilgandan beri fuqarolar tomonidan yuborilgan arizalar soni 50 000 dan oshdi. Shu kungacha arizasi qanoatlantirilgan, ya'ni tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganlari soni 48 700 dan oshiq arizani tashkil etmoqda.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 noyabridagi “Tadbirkorlik sub'yektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli Qaroriga asosan 2014 yilning 1 yanvaridan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da elektron tarzda tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati ishga tushirilgan. Qarorga muvofiq, ushbu xizmat monitoringini ta'minlash yuzasidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va boshqa mas'ul vazirlik, tashkilotlar mas'ul etib belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: