"Al-Qoida"ning filiali Suriyada "Jibhad an-Nusra" yetakchisi yo‘q qilinganini tasdiqladi

Jahon 08:48 / 06.04.2016 1008

"Al-Qoida"ning Shimoliy Afrikadagi filiali "Islom Mag‘ribi davlatlarida Al-Qoida" guruhi Suriyada "Jibhad an-Nusra" yetakchisi Abu Firas al-Suriy yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, terrorchilik guruhi o‘z bayonotida al-Suriyning AQSh aviatsiyasi zarbasi oqibatida yo‘q qilinganini ma'lum qilgan.

Avvalroq Pentagon terrorchi Suriya shimolida "Al-Qoida" a'zolari uchrashuvi vaqtida yo‘q qilinganini ma'lum qilgandi.

Suriya armiyasining sobiq harbiysi Abu Firas Afg‘onistonda terrorchilik faoliyatini olib borgan va "Al-Qoida" yetakchisi Usama bin Lodinning safdoshi bo‘lgan. Suriyada fuqarolik urushi boshlangandan keyin "Al-Qoida" rahbariyati uni Suriyaga yuborgan va u bu yerda "Al-Qoida"ning bo‘limi hisoblangan "Jibhat an-Nusra" rahbariyatiga kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: