Shvetsiyada arab tili tarqalganlik bo‘yicha ikkinchi tilga aylanmoqda

Jahon 22:20 / 05.04.2016 2453

Tilshunos Mikael Parkvall Shvetsiyada tarqalganlik bo‘yicha ikkinchi til arab tili bo‘layotganini ta'kidlamoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

"O‘tgan yili katta miqdorda qochqinlar kelgani e'tiborga olinsa, hozir arab tili, shved tilidan keyin, mamlakatda tarqalganlik bo‘yicha fin tilidan o‘tmoqda", deb aytdi tilshunos.

Parkvall so‘rovnomalar hamda migratsiya boshqarmasi va maktab ta'limi boshqarmasi ma'lumotlariga asoslanib bunday xulosaga kelmoqda. 2012 yil ma'lumotlariga ko‘ra, Shvetsiyaning 200 ming aholisi fin tilini o‘zining ona tili deb aytgan, arab tili esa 155 ming kishi uchun ona tili bo‘lgan.

Oxirgi yillarda mamlakatga Yaqin Sharqdan kelgan muhojirlar soni bir necha o‘n minglab kishini tashkil qildi. O‘tgan yili aholisi 9,8 mln kishi bo‘lgan Shvetsiya 163 ming qochqinni qabul qildi.

Biroq Shvetsiya mamlakat aholisi so‘zlashadigan tillar bo‘yicha rasmiy statistika olib bormaydi, chunki bunday statistik ma'lumotlar mamlakatda yashovchi etnik ozchilikni kamsitadi, deb hisoblaydi.

Ko‘proq yangiliklar: