Borndalen va Domracheva oktabrda farzandli bo‘lishadi

Sport 15:46 / 05.04.2016 1000

Norvegiyalik biatlonchi Ule Eynar Borndalen va belaruslik sportchi Darya Domracheva oktabr oyida farzandli bo‘lishadi. Bu haqda Borndalen o‘zi tashkil etgan matbuot anjumanida ma'lum qilgan

«Biz Darya bilan uzoq vaqtdan buyon iliq munosabatda bo‘lib kelganmiz. Oxirgi paytlarda unda o‘zgarish paydo bo‘la boshladi... Ya'ni biz yaqin vaqtlarda ota-ona bo‘lamiz! 

Biz bu kunni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Bundan judayam xursandmiz», – deya ta'kidlagan Borndalen. 

Eslatib o‘tamiz, Domrachyova o‘tgan mavsumni o‘tkazib yuborgan va yangi mavsumda safga qaytishni rejalashtirib kelayotgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: