Bentley kompaniyasi o‘zining tezyurar modelini yanada kuchaytirdi

Fan-texnika 15:49 / 05.04.2016 1305

Bentley kompaniyasi o‘zining tezyurar Continental GT Speed modelining yangilangan ko‘rinishini taqdim etdi. U endilikda kuchli, yanada tez bo‘ldi hamda Black Edition nomini oldi.

Olti litrli W12 tvin-turboli motorning quvvati 635 dan 642 ga oshirildi. Dvigatel sakkiz taqsimotli avtomat uzaytirish qutisi yordamida harakatlanadi.

Avtomobil yuz kilometr tezlikka 4,1 soniya ichida chiqishga qodir. Bu oldingi model natijasidan o‘ndan bir sekundga tezdir. Uning maksimal tezligi avvalgidek qoldirilgan — soatiga 331 kilometr.

Ko‘proq yangiliklar: