Eronning neft eksporti bir sutkada 2 milliongacha ko‘tarildi

Iqtisodiyot 22:26 / 03.04.2016 1342

Erondan neftni eksport qilish sutkasiga ikki million barrel darajasida oshdi. Bu haqida Eron neft vaziri Bijon Nomdor Zangoniy ma'lum qildi

«Erondagi neft va gaz kondensatlari eksporti bir sutkada 2 million barrelga ko‘tarildi», - deya ERMA agentligi Eron vazirining so‘zlarini keltirib o‘tdi.

Hozirgi kunda uglevodorodni qazib olish 3.2 million barrelga yetdi, deya qayd etadi agentlik. Sanktsiyalar davrida, 2012 yildan to yanvar o‘rtalarigacha Eron bir kunda 1 million barrelga yaqin neftni eksport qila olmagan edi. Uning kundalik qazib olish darajasi bu davrga kelib 2.8 million barreldan oshmadi.

O‘zining neft vazirligidagi chiqishi doirasida Zangoniyning qayd qilishicha, bu sohadagi asosiy ustuvor rivojlanishga neft konlarining unumdorligi va samaradorligini oshirishda yangi texnologiyalarning joriy qilingani sabab bo‘ldi.

Shuningdek, Fors ko‘rfazining markaziy qismida suv hududlari chegarasi bo‘ylab Eron Qatar bilan bo‘lishadigan Janubiy Pars dunyoning eng yirik gaz konidagi 17dan 21gacha bloklarning ishga tushirilishi va yanada takomillashtirilishi ham muhim o‘rin tutdi.

ShANA agentligining xabar qilishicha, 2015 yilning 21 martidan 2016 yilning (eroncha 1394 yil) 20 martiga qadar Eron konlarda 130 milliard kub metrgacha gaz (ya'ni sutkasiga 356 million kub) qazib olgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga ko‘tarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: