Serbiya tashqi ishlar mahkamasi rahbari Ivitsa Dachichning bayonotiga ko‘ra, Belgradning NATOga kirish rejasi yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi xabar tarqatgan.
«Serbiya harbiy betaraflik siyosatini olib bormoqda. Biz va bizdan boshqa serbiyaliklar ham NATOga a'zo bo‘lish masalasini muhokama etmaymiz. NATO bilan “tinchlik yo‘lidagi hamkorlik doirasida” aloqa o‘rnatilgan. Serbiya xalqi ham NATO a'zosi bo‘lish g‘oyasiga qarshi», — degan Dachich.
Ammo, vazirning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Belgrad, AQSh boshchiligidagi harbiy alyans bilan 1999 yillardagi bombardimonlar takrorlanmasligi uchun o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yadi.
Bundan avval, Serbiya bosh vaziri, NATOga a'zo bo‘lish to‘g‘risida referendum o‘tkazilishi xaqidagi xabarlarni “uydirma” deb atagan edi.