O‘zbekiston 2021 yilgacha oziq-ovqat sanoati rivojiga 600 mln dollar yo‘naltiradi

O‘zbekiston 12:45 / 01.04.2016 1788

O‘zbekiston respublikasida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish maqsadida, 2016-2020 yillarda mazkur sohaga 595,9 mln dollar sarmoya kiritish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligiga tayanib, uzdaily.uz xabar qilmoqda.

Mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan dasturga 180ta investitsiya loyihalari kiritilgan.

Loyihalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, yarimtayyor va tayyor mahsulotlar, shuningdek, qadoqlash materiallari va idishlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar qurish, mavjudlarini ta'mirlash va modernizatsiyalashni ko‘zda tutadi.

Dasturni moliyalashga, korxonalarning o‘z mablag‘lari, o‘zbek banklari kreditlari va xorijiy sarmoyalarni jalb etish rejalashtirilgan.

Iqtisodiyot vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, dasturni amalga oshirish natijasida, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi 2,7 martadan ko‘proqqa oshib, 200 turga yaqin yangi mahsulot ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Eksport hajmini oshirish maqsadida, yaqin besh yilda mamlakatda 15ta savdo-logistika markazlari barpo etiladi. Ularning umumiy hajmi 60 ming tonnani tashkil etadi.

Vazirlikning bildirishicha, 2011-2015 yillarda respublikada meva-sabzavot, uzum va poliz ekinlari yetishtirish 1,27 martaga oshib, 14,8 million tonnadan 16,3 mln tonnaga yetgan. Go‘sht yetishtirish 1,24 marta, sut 1,33 barobar ko‘proq ishlab chiqilgan. Bu o‘z navbatida, qayta ishlangan mahsulotlar hajmini 2,5 marta oshirish, ularning turini esa 337dan 628tagacha yetkazish imkonini bergan.

Ko‘proq yangiliklar: