«PSJ» jamoasining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning agenti Mino Rayola o‘z mijozining futbolchilik faoliyatini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirib o‘tdi.
«Men unga yana 5 yil davomida yuqori saviyali futbol namoyish eta olishi mumkinligini aytdim. Uning ruhiy va jismoniy holati bunga imkon beradi. Unda o‘zgacha kuch bor va uning kuchiga vaqt ta'sir ko‘rsata olmaydi.
Uni superodam deyish mumkin: u boshqalar tasavvur qila olmaydigan harakatlarni ijro etadi.
Mendan uning keyingi jamoasi qaysi jamoa bo‘lishini so‘rayapsizmi? Buni yaxshilab o‘ylash kerak. Xitoydan berilayotgan taklif haqida aniq raqamlarni ayta olmayman. Turli qit'alardagi jamoalardan takliflar bor. Vaziyat yaqin orada oydinlashadi.
«PSJ» Zlatanni saqlab qolish uchun qattiq harakat qilmoqda. Bu ham variantlardan biri. Gvardiola bosh murabbiy bo‘ladigan «Manchester Siti»dan tashqari APLdagi barcha grand jamoalar uni qo‘lga kiritish uchun harakat qilishmoqda.
Italiyada ham vaziyat shunday. Hatto «Napoli»da ham, garchi ular futboldan ko‘ra kino olishni qoyillatsalarda. Erik Tohirning rejalari aniq emas, «Milan» esa bizga qiziq emas. Ular jamoani kuchaytirish uchun ko‘p futbolchi sotib olishi kerak», — deydi Rayola.
«Zlatan – xuddi Bred Pittning Benjamin Battoniga o‘xshaydi. Zlatan ham vaqt o‘tgan sayin yosharadi», – deya Rayoladan iqtibos keltiradi Goal.com sayti.