Eshton Katcher “Jimmy Kimmel Live” teledasturida qizchasi Uayatt haqida so‘zlab berdi.
Aktyor ularning uyida shirinlik iste'mol qilish man etilganini qayd etdi. Mila va Eshton farzandlarini shakarga o‘rganib qolishini istashmaydi. Hattoki, pasxa nishonlanganda ham ular qizchasiga shirinlik berishmadi. Uning o‘rniga foydali moddalarga boy alternativ yegulikni o‘ylab topishdi: shokoladli tuxumchalar – Cheerios (taniqli quruq nonushta) va mayiz. “Xabaringiz bor, Uayatt bor-yo‘g‘i bir yarim yoshda va u shirinliklar iste'mol qilish uchun juda yoshlik qiladi”, - deya qayd etdi aktyor.
Shuning bilan birga, aktyor va uning rafiqasi shokoladlarni jondan ortiq ko‘rishini tan oldi. Biroq, farzand salomatligi uchun barcha shirinliklarni berkitishga majbur ekanligini ta'kidladi.