FT: AQShda Erdo‘g‘on tansoqchilari prezidentning ma'ruzasiga jurnalistlar kirishini istamadi

Jahon 11:15 / 01.04.2016 1489

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning tansoqchilari, davlat rahbarining Vashingtonda qilgan ma'ruzasiga OAV xodimlarini kiritishni istamagan. Bu haqda Financial Times xabar bergan.

Yadro xavfsizligi sammitida ishtirok etish uchun Vashingtonga kelgan Erdo‘g‘on, shaharning Bruking institutida ma'ruza qilishi chog‘ida ushbu voqea yuz bergan.

Guvohlarning ma'lum qilishlaricha, turk xavfsizlik xizmati Erdo‘g‘onni tinglashni xohlagan reportyorlarni o‘tkazmagan. Tansoqchilar Turkiya yetakchisi o‘z ma'ruzasini boshlamasdanoq, kamida bir muxbirni zaldan olib chiqishga uringan. Institut xodimlarining aralashuvidan so‘ng, OAV xodimi ma'ruzaga kira olgan.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Ben Rods, hodisa tafsilotlarini bilmasada, «mustaqil jurnalistikani hurmat qilishi va qo‘llab quvvatlashini» aytgan.

Nashrning yozishicha, Erdo‘g‘on ma'ruzasi chog‘ida, suriyalik kurdlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun AQShni tanqid qilgan. U shuningdek, o‘zining ayrim turk OAVi bilan ziddiyatiga izoh berib, xolis tanqidni qabul qilishini, ammo «g‘iybatga va inson sha'ni yerga urilishiga qarshi» kurashayotganini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: