Yevropa matbuotida Putinga Palmiraning ozod qilinishi uchun minnatdorchilik bildirildi

Jahon 07:51 / 01.04.2016 1596

Fransiyaning nufuzli "Le Figaro" nashri o‘zining "Putinning qo‘rqoq demokratlarga sabog‘i" deb nomlangan maqolasida Yevropa davlatlari hukumatlarining harakatlarini qattiq tanqid ostiga oldi.

Yevropa OAVlari Rossiyaning Suriya inqirozini tartibga solish va IShIDni yo‘q qilishdagi rolini tan olmoqdalar. 

"Figaro"dagi maqolada Suriyada IShIDga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatga faqatgina Rossiyaning sa'y-harakatlari tufayligina erishilgani qayd qilib o‘tildi.

"Kimga rahmat aytish kerak? Putinga rahmat, aynan Rossiya aviatsiyasining IShID pozitsiyalariga o‘z vaqtida bergan zarbalari evaziga Suriya armiyasi Palmirani ozod qila oldi", deyilmoqda maqolada.

Maqola muallifi Ivan Riufolning fikricha, Yevropa Ittifoqi va AQSh hukumatlari IShID jangarilarini yo‘q qilishda deyarli hech narsa qilmaganlar, chunki Putindan farqli o‘laroq, ular kim bilan va qanday jang qilish haqida tasavvurga ega ham bo‘lmaganlar.

"Palmiraning ozod etilishi AQSh va haloskorlar orasida bo‘lmagan uning fransuz ittifoqchilarining zaifligini ko‘rsatadi. Putinning tanqidchilari juda ko‘p, biroq u aqalli dushmanlari kim va ular bilan qanday kurashish haqida aniq tasavvurga ega", deyilmoqda maqolada.

Ko‘proq yangiliklar: