Erdo‘g‘an Rossiya bilan hamkorlikni tiklash zarurligini aytdi

Jahon 09:03 / 01.04.2016 1318

Rossiya va Turkiya mintaqaviy muammolarni hal qilish uchun hamkorlikni tiklashi zarur, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Afsuski, 24 noyabrdan keyin biz Rossiya bilan munosabatlarda og‘ir davrni boshdan kechirmoqdamiz. Sobiq ittifoq parchalangandan keyin bu munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanayotgan edi. Biroq Rossiya rahbariyati oxirgi yillar olib borgan siyosat sababli bu munosabatlar samolyot urib tushirilishigacha yomonlasha boshlagandi. Moskvaning keskin munosabatiga qaramasdan, mintaqaviy muammolar  bizning hamkorligimizni tiklashni talab qilmoqda, chunki Rossiya va Turkiya – geografiyamizda muhim davlatlardir", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an Ukrainadagi inqirozni Minsk kelishuvlari asosida, Ukrainaning hududiy birligini hisobga olgan holda tartibga solish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: