Ispaniyalik qo‘shiqchi Enrike Iglesias 17-19 iyun kunlari Ozarbayjon poytaxtida bo‘lib o‘tadigan "Formula-1" poygalari Yevropa Gran-prisi madaniy dasturi doirasida o‘z konserti bilan ishtirok etadi.
Uch soatli konsert dasturi 18 iyun kuni Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida joylashgan Milliy bog‘da bo‘lib o‘tadi. Enrike o‘zining yangi "Sex and Love" albomiga kirgan qo‘shiqlarini ijro etadi. Mazkur albomga turli xil musiqiy yo‘nalishdagi kompozitsiyalar kiritilgan bo‘lib, unda romantik balladalardan tortib to elektro-hausgacha bor.
Shu bilan birga Iglesiasning avvalgi albomlaridagi xit qo‘shiqlari ham ijro etiladi. Kontsertdan avtopoygaga 3 kunlik chiptani sotib olganlargina bahramand bo‘lishlari mumkin.
Tashkilotchilar 3 kunlik avtopoyga davomida Bokuda jahon va milliy estrada vakillarining ishtirokini va'da qilishmoqda. Umuman hisobda 30 ming chipta sotuvga qo‘yildi. Ularning o‘rtacha narxi 150-200 manat (97-130 dollar)ni tashkil etadi.