Avstraliyaning IoT Group kompaniyasi selfi uchun parvoz qiluvchi gadjyet ixtiro qildi. ROAM-e deb nomlangan gadjyet iyundan boshlab sotuvga chiqariladi. Bu haqda Mashable portali xabar bermoqda.
IoT Group ijrochi direktori Ien Dyuffellning aytishicha, kompaniya steroidlarga asoslangan selfi-tayoqcha yaratmoqchi bo‘lgan.
"Selfi-tayoqchaning muammosi shundaki, u tayoqchaning uzunligi bilan cheklangan. Biz siz bilan ucha turib, suratga oladigan buyum yaratmoqchi bo‘ldik", deb aytdi Dyuffell.
Qurilma smartfon bilan bog‘lanishi kerak. Uning ikkita rotori yuzni taniy olishi uchun dasturlanishi mumkin. Qurilma foydalanuvchidan 25 metr uzoqlikda ucha oladi. Bundan tashqari, u panoramali suratlar va real vaqt rejimida 20 daqiqalik video olishi mumkin. Qurilma 5 Mp li CMOS sensori va Quad Core ARM Cortex A7 protsessori bilan jihozlangan.
Qurilma yaratuvchilari uni sumkaga sig‘adigan o‘lchamda yaratmoqchi bo‘lishdi. Shuning uchun uning rotorlarini yig‘ishtirib qo‘yish mumkin.
"Biz gadjyetning sumka yoki cho‘ntakka sig‘adigan darajada yetarlicha kichik o‘lchamda yaratmoqchi bo‘ldik. Biz uni 600 millilitrli idishdan katta bo‘lmagan o‘lchamda yaratdik", deb tushuntirdi Dyuffell.
Kompaniya kelajakda qurilmani yanada takomillashtirmoqchi: u qurilmani geolokatsiyani farqlay oladigan va xaritadagi ma'lum nuqtaga borib, ortga qayta oladigan qilmoqchi.