Turkiyada rossiyalik uchuvchining qotilligida gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Jahon 19:38 / 31.03.2016 1035

Turkiyada rossiyalik uchuvchining (2015 yil noyabrida urib tushirilgan Su-24 uchuvchisi) qotilligida gumon qilingan Alparslon Chelik qo‘lga olingan. Bu haqda Hurriyet xabar tarqatdi.

Chelik 30 mart kuni kechasi Izmir shahridagi restoranlardan birida quroldoshlari bilan birga o‘tirganida qo‘lga olingan. Ular Chelikning Suriyadan qaytishini nishonlashayotgan bo‘lgan. Restoranda jami 15 kishi hibs qilingan. Qayd etilishicha, Chelik so‘roq qilinmoqda.

2015 yilning 24 noyabrida Suriyada Rossiya aviaguruhi tarkibidagi Su-24 samolyoti Turkiya qiruvchi samolyoti tomonidan turklarning havo kengligini buzib o‘tganlikda ayblanib, urib tushirildi. Su-24 uchuvchilari katapulta qilingan, lekin ulardan biri Oleg Peshkov havodaligida yerdan turib otib tashlangan. Ikkinchi uchuvchi, shturman Konstantin Muraxtin esa qutqarib qolingan.

Keyinroq, 2015 yilning 27 dekabrida Chelik rossiyalik uchuvchining otib tashlanishida qatnashganini tan oldi.

Shundan so‘ng, Rossiya TIV Turkiyadan Su-24 uchuvchisi otib o‘ldirilishiga aloqador bo‘lgan Alparslon Chelikni zudlik bilan qo‘lga olishni talab qildi.

Ko‘proq yangiliklar: