Moskva va Vashington Suriya prezidenti Bashar Asadning keyingi taqdiri to‘g‘risida kelishib olmagan. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslanib, RIA «Novosti» xabar berdi.
"Al-Hayot" nashri haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumot chop etgan", - dedi u Moskva va Vashington Asadning ketishi va uning keyingi taqdiri to‘g‘risida kelishib olganligi haqidagi xabariga izoh berar ekan.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchinchi mamlakatlarning, shu jumladan Suriyaning ishlariga na diplomatik va na boshqa jihatdan aralashmaydi.
"Al-Hayot" gazetasi BMT Xavfsizlik ittifoqining diplomatik manbasiga tayanib, AQSh davlat kotibi Jon Kerri bir qancha arab davlatlari rahbarlariga Rossiya bilan kelishuvga kelingani va kelajakda Suriyada tinchlik qaror topishi yo‘lida Asad o‘z lavozimini tark etib, boshqa mamlakatga ketishi haqidagi ma'lumotni yetkazgan.