O‘zbekiston Mehnat vazirligida AQSh Mehnat vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 17:55 / 31.03.2016 2535

Mamlakatimizda, AQSh Mehnat vazirligining delegatsiyasi mehmon bo‘lib turibdi. Unga, Amerika Mehnat vaziri yordamchisining o‘rinbosari Erik Bil rahbarlik qilmoqda.
Joriy yilning 29 mart kuni Erik Bilning O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri A.Abduhakimov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Amerika tomoni tashabbusi bilan, do‘stona ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida, Mehnat vaziri Abduhakimov O‘zbekiston prezidenti I. Karimov farmoniga ko‘ra, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi Mehnat vazirligi sifatida qayta tuzilgani haqida amerikalik suhbatdoshini xabardor qilgan. Farmonga ko‘ra, Avvalgi vazirlikning aholini ijtimoiy himoya qilishga doir vazifasi Respublika sog‘liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy yordam berish va tayinlash majburiyati Moliya vazirligiga berilgan. Shu munosabat bilan, Mehnat vazirligi endilikda, faqat mehnat va aholi bandligi, mehnat xavfsizligi, mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish, mehnatga haq to‘lash usullari va boshqa bir qator masalalar bilan shug‘ullanadi.

Respublikada halqaro mehnat standartlariga rioya qilishni ta'minlash chora-tadbirlariga to‘xtalar ekan, Abduhakimovning qayd etishicha, 2014-2016 yillarda O‘zbekiston respublikasida munosib mehnat to‘g‘risida maxsus dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakat hukumati tomonidan O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari va qonunchilik aktlarini ijro etish choralari tasdiqlangan.

Aholini hukumatning shu sohada amalga oshirayotgan siyosatidan ko‘proq xabardor qilish maqsadida, respublikaning barcha viloyat, tuman va shaharlarida faol tashviqot ishlari olib borilmoqda. Unga ko‘ra, jamoat joylarda, mahallalar, sog‘liqni saqlash, umumiy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida mehnat qonunchiligi va mehnat huquqi poymol etilgan hollarda qo‘ng‘iroq qilishlari uchun ishonch telefonlari raqamlari yozilgan bannerlar tarqatilmoqda.

Bundan tashqari, Mehnat vazirligi tomonidan www.fbm.uz (Feedback Mechanism) sayti yaratilib, u orqali ishchilar va fuqarolar, o‘z mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Mehnat huquqiy nazorati davlat inspeksiyasiga murojaat qilishlari ham mumkin.
Ijobiy o‘zgarishlar sur'atlarini alohida qayd etgan A. Abduhakimov, 2015 yili mamlakatda uchinchi tomondan o‘tkazilgan Monitoring natijasi, paxta terimi vaqtida respublika mehnat qonunchiligi buzilishiga yo‘l qo‘yilmayotganini ko‘rsatgan.

Uchrashuv nihoyasida, E.Bil qabul uchun tashakkur izhor qilar ekan, O‘zbekistonning nafaqat xalqaro tashkilotlar, AQSh Mehnat vazirligi bilan ham ijobiy va konstruktiv hamkorlik qilayotganini e'tirof etgan. U shuningdek, O‘zbekistonda fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilganini ta'kidladi. Muloqot yakunlariga ko‘ra, Amerika tomoni, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga tayyorligini izhor qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: