Kaspiybo‘yidagi Ozarbayjon 2015 yil yakunlariga ko‘ra, Hamdo‘stlik davlatlari orasidagi eng ko‘p rossiyalik sayyoh tashrif buyurgan davlat sifatida e'tirof etildi. Bu haqda Travel.ru portali xabar bergan.
MDH davlatlari o‘rtasidagi reyting mehmonxonalar va apartamentlarning mustaqil sayyohlar tomonidan band etilishi asosida tuzilgan.
Unga ko‘ra, Ozarbayjonga 2015 yili 2 milliondan ortiq sayyoh kelgan bo‘lsa, ularning 685 ming nafari rossiyaliklardir.
Ilk besh o‘rindan shuningdek, Qirg‘iziston (1,2 mlndan ortiq), Armaniston (1,2 mln), Qozog‘iston (taxminan 1 mln sayyoh) va Belarus (0,3 mln) joy olgan.
Bundan avval, rus sayyohlari Turkiya o‘rniga Gruziya, Armaniston va Ozarbvyjonni ma'qul ko‘rayotgani xabar qilingan edi.