OAV: Kanadalik rohib qochqinlarga ajratilgan 380 ming dollarni yutqazib qo‘ydi

Jahon 15:27 / 31.03.2016 942

Ontariodagi Avliyo Iosif Xaldeyskiy katolik cherkovi rohibi Saka mamlakatdagi muhojirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan pullarni ishlatib qo‘ydi.

The Toronto Star nashrining yozishicha, o‘tgan oyda rohib, yepiskop Emmanuel Shaletga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, muhojirlar ehtiyojlari uchun ajratilgan mablag‘larni yo‘qotib qo‘yganini tan olgan. Gap oz emas, ko‘p emas, salkam 380 ming dollar haqida bormoqda.

Shaletning voqea qanday sodir bo‘lgani haqidagi savoliga, Saka pulni azart o‘yinlarga sarf qilganini aytgan. Mahalliy politsiya mahkamasi ushbu masala yuzasidan ariza qabul qilingani, 15 martda tergov ishlari boshlanganini ma'lum qildi. Hozircha, Sakaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan. U turli muammolarga duch kelgan diniy xizmatchilar davolanadigan shifoxonada davolash kursidan o‘tmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: