Lukashenko: Belarus NATOning sharq tomonga kengayishini e'tiborsiz qoldira olmaydi

Jahon 10:16 / 31.03.2016 1590

Belarus prezidenti Lukashenkoning bayonotiga ko‘ra, rasmiy Minsk NATO safi yangi a'zolar bilan kengayib borayotganidan xursand bo‘layotgani yo‘q. 

"Shimoliy Atlantika alyansining sharq tomon kengayib borayotgani bizning tashvishimizga asos bo‘lmoqda. Bu holat bevosita bizning chegaramiz yaqinida bo‘layotgani sababli, e'tiborsiz qoldirishga haqqimiz yo‘q", - degan Belarus rahbari.

"Men vaziyatni o‘ta jiddiy demoqchi emasman, ya'ni NATO nafaqat Rossiya, balki Belarus bilan urushish niyatida bo‘lmasa kerak. Hozirgi sharoitda, Yevropaning ushbu mintaqasida yana bir harbiy mojaro Amerika va Yevropaga ham kerak emas", -deya Lukashenko so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS agentligi.

Lukashenko shuningdek, AQSh mudofaa vaziri yordamchisining o‘rinbosari Maykl Karpenter bilan o‘tkazgan uchrashuvida, AQSh tinch va barqaror Yevropaga muhtoj degan fikrni ilgari surgan.

Ko‘proq yangiliklar: