Lockheed Martin 12ta gibrid dirijablni 500 mln dollarga sotishni rejalashtirgan

Fan-texnika 15:44 / 31.03.2016 1689

Amerikaning eng katta qurol ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin kompaniyasi 12ta LMH-1 gibrid dirijablini Britaniyaning Straightline Aviation kompaniyasiga sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Lockheed Martin kompaniyasining rasmiy vakillari xabar berishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Straightline Aviation kompaniyasi shartnoma shartlarining oxirgi batafsil kelishuvlari haqida rasmiy xat jo‘natdi. Shartnomaning summasi 480 million dollarga yetishi mumkin. Kelishuvga asosan, Lockheed Martin 2018 yildan boshlab dirijabllarni yetkazishni boshlaydi, 2021 yilga kelib esa butunlay shartnoma shartlarini tugatishni rejalashtirgan.

LMH-1 yordamida Straightline Aviation uzoqda va yetish qiyin bo‘lgan joylarga odamlarni va yuklarni yetkazishni hamda neftegaz kompaniyalarining ehtiyojlari uchun foydalanishni ko‘zlamoqda. Rossiya, Janubiy va Shimoliy Amerika, hamda Yaqin Sharq mintaqalarini ustuvor bozorlar deb hisoblashmoqda.

“Ular talabgir bo‘ladi. Chunki neft ishlab chiqarish infrastrukturasini yaratish uchun 1 milliard dollar kerak bo‘ladi. Shuningdek, odamlarni va yuklarni havo orqali neft ishlab chiqaruvchi makonlarga yetkazish ancha mablag‘ni tejaydi”, - deydi Straightline Aviation rahbari Mayk Kendrik muxbirlarga.

LMH-1 dirijabli Lockheed Martin kompaniyasining Skunk Works bo‘linmasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, 20 tonna yukni yoki 19 nafar odamni tashiy oladi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, gibrid dirijabllari geliy bilan to‘ldirilgan bo‘lib, kemalardan tezroq harakat qiladi hamda samolyotlar va vertolyotlarga qaraganda kam yoqilg‘i sarflaydi.

Ko‘proq yangiliklar: