Liviya BMTdan "Kaddafiy jamg‘armasidan" sanksiyalarni olishni so‘ramoqda

Jahon 23:40 / 31.03.2016 1052

Liviyaning BMTdagi vakili Ibrohim Dabbashiy BMT Xavfsizlik kengashiga Liviyaning suveren jamg‘armasi Lybian Investment Authority (LIA)’ni sanksiyalar ostidan chiqarish iltimosi bilan maktub yo‘lladi. Diplomatning aytishicha, bu jamg‘arma muzlatilgan aktivlarning samarasiz boshqarilishi tufayli milliard dollarlar yo‘qotmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

"LIA hisob-kitoblariga ko‘ra, jamg‘arma 2014 yilning o‘zida aktivlari hajmini oshirish o‘rniga, 721 mln dollar yo‘qotgan", deb aytmoqda Dabbashiy. Uning aytishicha, jamg‘arma investitsiyalardan dividendlar sifatida 1,6 mlrd dollardan 2,3 mlrd dollargacha mablag‘ ololmagan. Maktubda Dabbashiy Liviya hukumati bu aktivlardan foydalanish niyatida emasligi, balki ularning hajmi yomon boshqaruv sababli kelgusida ham qisqarmasligiga ishonch hosil qilmoqchi. U Xavfsizlik kengashidan LIA’ga hisob raqamlar ochish va yopishga hamda ular o‘rtasida tranzaksiyalar amalga oshirishga imkon beruvchi rezolyutsiyani qabul qilishni so‘ramoqda.

Dabbashiyning ma'lum qilishicha, hozirda jamg‘armaning aktivlari 67 mlrd dollar atrofida baholanmoqda. Xuddi shunga o‘xshash baholashni Suveren jamg‘armalar instituti bermoqda (66 mlrd dollar).

LIA 2006 yilda yaratilgan, o‘shanda uning miqdori taxminan 70 mlrd dollarni tashkil qilgan. Jamg‘armadagi mablag‘lar mamlakatning sobiq prezidenti Muammar Kaddafiy va uning oilasining bevosita nazoratida bo‘lgan. 2011 yil martida jamg‘arma aktivlari BMTning qarori bilan Kaddafiy Liviya xalqiga tegishli bo‘lgan bu pullarni olib chiqib ketmasligi uchun muzlatib qo‘yilgan. O‘shandan beri jamg‘armadagi 85 foiz mablag‘ muzlatilgan holda qolmoqda. Liviyaning amaldagi hukumatining fikricha, Kaddafiy vaqtida jamg‘arma noto‘g‘ri boshqarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: