Ispaniyada anonim qo‘ng‘iroq sababli 3,4 tonna gashish musodara qilindi

Jamiyat 16:32 / 31.03.2016 985

Ispaniya huquq tartibot idoralari Kadis provinsiyasida 3,4 tonna giyohvand moddani musodara qilgan. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari xabar qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 25 mart kuni o‘tkazilgan maxsus amaliyotga noma'lum shaxsning telefon qo‘ng‘irog‘i sabab bo‘lgan. U La-Linea-de-la-Konsepson plyajidagi rezina qayiqdan gashish tushirilayotganini aytgandi.

Zudlik bilan yetib kelgan politsiya xodimlari, voqea joyida hech kimni topmagan bo‘lsada, giyohvand moddalar qaysi tomonga olib ketilganini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.

Olib borilgan tezkor choralar natijasida 2 kishi ushlangan, bir nechta qurol-yarog‘lar va to‘rtta mashina tortib olingan.

Xabarda ta'kidlanishicha, shu yil boshidan beri, huquqni himoya qilish idoralari tomonidan mazkur mintaqada 10,2 tonnadan ziyod gashish musodara qilingan. Bu raqam, 2015 yilgi ko‘rsatkichdan (5,5 tonna gashish) 2 martaga ko‘pdir.

Ko‘proq yangiliklar: