Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qo‘rqinchli selfi

Jamiyat 15:53 / 31.03.2016 1919

Tvitter foydalanuvchilarini 27 mart kuni tarmoqda paydo bo‘lgan qo‘rqinchli selfi hayratga soldi.

Suratda yosh juftlik ko‘zguli oyna qarshisida suratga tushgan. Shunisi qiziqki, oynada qizning aksi ko‘rinmoqda, ammo unga qiz teskari bo‘lib turibdi. Uch kun ichida surat 16,5 ming retvitlarni yig‘di.

9gag.com saytida ilk bor paydo bo‘lgan suratning haqiqiy ekanligi ko‘plab muzokaralarga sabab bo‘ldi. Fikrlar ikkiga ajraldi: ko‘plab insonlar surat fotoshop tomonidan o‘zgartirilgan, deb hisoblasa, qolganlar uni sir-sinoat bilan bog‘lashmoqda.

Ko‘pgina foydalanuvchilarni bu surat juda ham qo‘rqitdi. @JunkieCentric nomli foydalanuvchi saytda shu suratni ko‘rib uxlay olmaganligi haqida yozuv qoldirdi. Boshqa bir izohchi esa suratdagi qizni «Garri Potter. Hikmatlar toshi» filmidagi Volan-de-Mort bilan o‘xshashlik taraflari bor deb aytdi.

Sezgir foydalanuvchilar bu surat 2015 yilda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaganligini, lekin bugungidek mashhur bo‘lmaganligini payqashdi.

Ko‘proq yangiliklar: