Germaniyadagi kemalar bandargohida portlash yuz berdi

Jahon 17:01 / 31.03.2016 953

Germaniyaning Duysburg shahridagi bandargohda turgan Julius Rütgers mototankerida yuz bergan portlash oqibatida 2 kishi qurbon bo‘lgan, yana bir odamning taqdiri no'malumligicha qolmoqda. Bu haqda shahar politsiyasining rasmiy vakiliga tayanib, RIA Novosti axborot agentligi xabar qildi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, mototanker bortida sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng, yong‘in paydo bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilarning sa'y-harakatlari bilan yong‘in bartaraf etilgan. Kema bortida ikki kishining jasadi aniqalangan. Marhumlar mototankerga kirishga ruxsati bo‘lgan 3 nafar ta'mirchilardan ikkisi ekani gumon qilinmoqda. Yana bir ta'mirchi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Ayni vaqtda Julius Rütgers egalari kimligi va portlash sabablari aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: