Finlyandiya bosh vaziri va "Fin markazi" partiyasi raisi Yuxa Sipilya o‘zining Kempel hududidagi uyini sotib yubordi, deb xabar bermoqda Yle nashri.
Boshqa fin OAVlari ma'lumotlariga ko‘ra, uyni sotish bo‘yicha bitim 21 martda tuzilgan va uyning narxi 570 ming yevroni tashkil qilgan.
Bosh vazir uyini sotib yuborganini tasdiqladi. Uning aytishicha, u rafiqasi bilan kichikroq uy sotib olishga qaror qilgan. Sipilya bitim qiymatini aytmadi.
2015 yil sentabrda Sipilya o‘zining mamlakat shimolidagi uyini yangi yil boshida qochqinlarga berishga tayyorligini aytgandi. U mamlakatning barcha fuqarolarini undan o‘rnak olib, qochqinlar bilan birdamlikni namoyish qilishga chaqirgandi.