Buloqboshi tumanidagi O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida o‘tgan ikki oyda qariyib 140 tonna paxta xomashyosi qayta ishlandi

Jamiyat 22:03 / 31.03.2016 2021

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Qumguzar mahallasida faoliyat yuritayotgan mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Fan textil” O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi mahsulotlari xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Qishloq hududidagi foydalanilmay turgan sobiq tikuvchilik fabrikasi binosi rekonstruksiya qilinib, uning o‘rnida ish boshlagan korxonaga o‘tgan yili investitsiya dasturi doirasida 11 million yevro miqdorida xorijiy investitsiya kiritildi.

– Ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada kuniga 12 tonna paxtani qayta ishlash imkoniyatiga ega zamonaviy texnologiyalar o‘rnatildi, – deydi “Fan textil” O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi rahbari Valisher Abdullayev. – Joriy yil fevral oyidan korxonaning birinchi qismi ishga tushirildi. O‘tgan ikki oyda qariyib 140 tonna paxta xomashyosi qayta ishlandi. Mahsulotlarimiz asosan xorijga eksport qilinadi.

Ayni paytda korxonada mehnat qilayotgan 200 ga yaqin ishchi-xizmatchining aksariyati kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir.

Yaqin kunlarda korxona to‘la quvvat bilan ish boshlashi kutilmoqda. Bu ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish bilan birga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: