Belgiya sudi Saloh Abdislomni Fransiyaga ekstraditsiya qilishga rozi bo‘ldi

Jahon 22:04 / 31.03.2016 824

Belgiya sudi 2015 yilning 13 noyabr kuni Parijda sodir etilgan teraktlarni ijro etishda gumon qilinib, qo‘lga olingan Saloh Abdislomni Fransiyaning ekstraditsiyaga bog‘liq arznomasini bajarish haqidagi qarorni qabul qildi.

“Endi Belgiya va Fransiya hukumati ekstraditsiyaga bog‘liq keyingi qarorlarni birgalikda qabul qiladi”, - deya xabar beradi prokuratura.

“Saloh Abdislom fransuz hukumati bilan hamkorlik qilishga hamisha tayyor va u ekstradatsiyaga qarshi emas”, - deb qayd etdi mahbusning advokati Sedrik Muass.

Qayd etilishicha, Belgiya hukumatida Abdislomni topshirish haqidagi qarorni qabul qilishi uchun yana 24 soat vaqt bor.

Ko‘proq yangiliklar: