«Barselona» darvozaboni 20 mln funt evaziga «Manchester Siti»ga o‘tishga yaqin turibdi

Sport 10:13 / 31.03.2016 1624

Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen mavsum yakuniga yetgach, Angliyaning «Manchester Siti»ga o‘tadigan bo‘ldi.

Britaniyaning The Telegraph nashri bergan xabarga ko‘ra, 23 yoshli germaniyalik darvozabon yozda «shaharliklar» boshqaruvini qo‘lga oladigan Xosep Gvardiola bilan birga ishlash ishtiyoqi borligini ma'lum qilgan.

Gazetada yozilishicha, «Siti» ter Shtegen uchun taxminan 20 million funt mablag‘ to‘laydi, jamoaning ikkinchi darvozaboni Villi Kabalero esa yozda Manchesterni tark etadi.

Xabarda alohida qayd etilishicha, «Siti» ter Shtegen uchun kurashda, oldinroq esa Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an uchun kurashda ham «Liverpul»ni ortda qoldirib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: