Asad: Turkiya terrorchilarga o‘z hududidan o‘tishga ruxsat beradi

Jahon 19:23 / 31.03.2016 1062

Suriya prezidenti Bashar Asad Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda va jangarilarga Turkiya hududi orqali harakatlanishiga yo‘l qo‘yib berishda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Asadning so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an terrorchilarga Turkiya hududida tanklar orqali harbiy manyovrlar o‘tkazishga ruxsat bergan.

"Bu alohida shaxslarni chegaralardan o‘tkazish bilangina chegaralanmaydi. IShID Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya orqali moliyalashtirilgan. Erdo‘g‘an IShID neftini sotib olgan, turk harbiylari jangarilarga yordam berish uchun artilleriyadan Suriya hududiga doimiy ravishda o‘q uzib turgan", deydi Asad.

Uning aytishicha, Turkiyaning harakatlarini "e'lon qilmasdan boshqa mamlakat hududiga kirish" deb baholagan.

U shuningdek, Turkiyaning Su-24 samolyotini urib tushirishini Damashq bilan munosabatlarga hujum sifatida baholagan.

Ko‘proq yangiliklar: