Aleks Fergyuson Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi muvaffaqiyatiga shubha bilan qaramoqda

Sport 15:24 / 31.03.2016 1581

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson yozda «Manchester Siti» boshqaruvini qo‘lga oladigan «Bavariya» ustozi Xosep Gvardiolaning faoliyatini alohida e'tirof etib o‘tdi, biroq ispaniyalik mutaxassisning yangi jamoada muammolarga duch kelishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

«Shubhasiz, Gvardiola – haqiqiy mehnatsevar va buni u har bir shogirdidan talab qiladi. Kimdir «Siti»da juda yuqori darajada ishlamasa, jamoada uzoq vaqt qola olmaydi. «Manchester Siti» juda katta xaridni amalga oshirdi. Biroq Pepga Angliyada oson bo‘lmaydi, ingliz futboli shunchaki futbol emas.

Chet eldan Angliyaga ishlashga kelgan har bir murabbiy bu gapimni tasdiqlashi mumkin. Bu haqda Arsen Venger, Joze Mourino ham gapirishgan. Pep muvaffaqiyat qozonishi mumkin, ammo «shaharliklar» bilan «Barselona»da amalga oshirgan ishlarini qila oladi deb o‘ylamayman. Bu o‘ziga xos bir etalon davr edi, ular dunyoning eng kuchlisi bo‘lishgandi», deydi Fergyuson.

Ko‘proq yangiliklar: