17 aprel kuni Qatarda bo‘lib o‘tadigan neft qazib olishni to‘xtatishga bag‘ishlangan yig‘ilishda 12ta davlat ishtirok etadi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar bergan.
O‘z navbatida, Ekvador neft sanoati vaziri Karlos Parexa Dohada o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuv natijalariga ijobiy yondashishini ma'lum qildi.
"Neft qazib chiqarayotgan hech bir mamlakat joriy narxlarga dosh bera olmaydi. Bizni shu narsaning o‘zgarishi qiziqtiradi. Biz bu masalada neft uchun barchaga birday daromad keltiruvchi narx belgilash imkonini beruvchi to‘xtamga kelinishiga umid qilamiz", - deb yozadi vazir o‘zining tvitterida.